Qashqadaryo viloyati: Brakonerlikka qarshi reydlar davom etmoqda
24.
04. 2020
15:09
6139
News

 

 

Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari joriy yilning 20 aprel kuni avtomashinaning yurish imkoni bo‘lmagan Yakkabog‘ tumani tog‘li hududlarida 30 km masofada piyoda yurib nazorat reyd tadbirini o‘tkazishganda, Yakkabog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi «Toshqo‘rg‘on» bo‘limi hududidan oqib o‘tuvchi «Qizildaryo» daryosida 1 ta holatda Yakkabog‘ tumani «Tatar» qishlog‘ida yashovchi fuqarolar Kenjaev A. T., Yusupov B. D. deb tanishtirgan shaxslar tomonidan baliq ovlash taqiqlangan vaqtda 2 dona maxsus leska to‘rlar bilan O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga va CITES Konventsiya ilovalariga kiritilgan 16 dona Amudaryo gulbalig‘i (Farel) va 2 dona Moybaliq (Marinka)lar ovlaganligi, bundan tashqari o‘rmon fondi yeridagi qalin archazorlar ichida yuqoridagi ko‘rsatilgan manzilda yashovchi Kenjaev J. T. ismli shaxs o‘ziga tegishli 2 dona taqiqlangan tuzoq (mahalliy nomi jela)larda 2 bosh kakliklarni noqonuniy ovlaganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Mazkur aniqlangan holat bo‘yicha hayvonot dunyosiga 108 110 400 so‘m zarar yetkazilgan hisoblanib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun prokuratura organlariga to‘plangan hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources