Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Topshiriq ijrosi ta’minlanmoqda
21.
04. 2020
10:16
5798
News

Bugungi kunda olimlar tomonidan koronavirus virusi qog‘oz sirtida uch soat, kiyim va ishlov berilgan yog‘och yuzasida ikki kun, shisha sirtida to‘rt, plastik yuzasida yetti kungacha faol bo‘lishini ta’qidlanmoqda.

Respublikada sanitariya-epidemiologik muhitni ta’minlash va aholi salomatligini muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020 yil 13 apreldagi 05/1-2295-sonli topshirig‘iga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yuritayotgan maishiy chiqindilarni qabul qilish punktlari faoliyatin o‘rganish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan ishchi guruh tashkil etilib, o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijasida maishiy chiqindilardan saralangan ikkilamchi moddiy resurslarini (qog‘oz, plastik va shisha buyumlar, ikkilamchi metall va boshqalar) qabul qiladigan mulkchilik shaklidagi tashkilotlarga tegishli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami 15 ta faoliyat yuritayotgan punkt aniqlandi.

Mazkur punktlar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources