Sirdaryo daryosida noqonuniy baliq ovlash bo‘yicha olib borilgan reyd tafsilotlari
20.
04. 2020
21:19
6272
News

Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi tomonidan joriy yilning 17-18 aprel kunlari Sirdaryo daryosi hududida reyd tadbirlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006 yil 2 mayda 1569-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «O‘zbekiston Respublikasi hududida ov qilish va baliq ovlash qoidalari»ning 36-bandiga muvofiq 2020 yil 10 martdan boshlab Sirdaryo daryosida sanoat maqsadida baliq ovlashga taqiq o‘rnatilgan.

Shunga qaramasdan ayrim fuqarolar tomonidan Sirdaryo daryosida to‘r va ta’qiqlangan vositalar yordamida noqonuniy ravishda baliq ovlanganligi aniqlandi. Jumladan:

17 aprel kuni Chinoz tumani hududida fuqaro Sh.Zaripov to‘r yordamida baliq ovlab yurganligi aniqlanib, fuqarodan o‘ziga tegishli bo‘lgan 1 dona qayiq, «VIXR-30» rusumli 1 dona motor, 60 metr leskali to‘r ashyolari vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yilib, MJtKning 90-moddasi, 4-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Sirdaryo tumani hududida fuqaro O.Djumaboev tomonidan motorli qayiqni suv havzasiga tushirib qo‘yganligi aniqlanib, fuqaroga tegishli bo‘lgan «VIXR-25» rusumli 1 dona motor, 20 metr leskali to‘r ashyolari vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi.

18 aprel kuni Bekobod tumani hududida fuqaro Z.Subanov Sirdaryo daryosiga noqonuniy ravishda to‘r yordamida baliq ovlab yurganligi aniqlanib, fuqaroga tegishli bo‘lgan 1 dona rezina qayiq, 20 metr to‘r ashyolari vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi, fuqarodan tushuntirish xati olinib, MJtKning 90-moddasi, 4-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Oqqo‘rg‘on tumani xududida fuqarolar U.Ortiqov va A.Yuldoshevlar tomonidan Sirdaryo daryosiga noqonuniy ravishda to‘r yordamida (1 dona laqqa baliq, 1 dona sazan, 1 dona O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdori) baliq ovlaganligi aniqlanib, fuqaroga tegishli bo‘lgan 1 dona alyuminiy qayiq, 1 dona 30 metr to‘r ashyolari vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi. Huqubuzarlarga MJtKning 90-moddasi, 4-qismi bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Bo‘ka tumanida yashovchi shaxsi noma’lum bo‘lgan fuqaro Sirdaryo daryosida to‘r qo‘yib yurganligi aniqlanib, unga tegishli bo‘lgan 1 dona rezina qayiq va 50 metr leskali to‘r ashyolari vaqtincha saqlash uchun olib qo‘yildi.

Olib borilgan reyd tartibidagi ekologik nazorat tadbirlari davomida Sirdaryo daryosi suv havzasidan noqonuniy ravishda o‘rnatib ketilgan egasiz bo‘lgan 20 tadan ortiq to‘rlar (500 metr) olinib, noqonuniy baliq ovlanishini oldi olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources