Buxoro viloyati: Tabiatni asrash fidoiylari - Qonun ustuvor jazo muqarrar
17.
04. 2020
15:40
5440
News

Buxoro viloyat Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasining maxsus tezkor guruhi tomonidan joriy yil 16 apreldan 17 aprelga o‘tar kechasi o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida Peshko‘ tuman Safron cho‘l massividan Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan KAMAZ rusumli avtotransport vositasida noqonuniy ravishda saksovul o‘simligini ayovsiz chopib o‘z manfaati yo‘lida olib ketayotganida to‘xtatib qolindi.

Tezkor guruh tomonidan mazkur holat ish jarayonida qonunbuzilish holatini yo‘l qo‘ygan fuqarolarning qarshilik ko‘rsatishiga qaramasdan, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, avtotrasport vositasi vaqtinchalik jarima va zararni qo‘llash uchun saqlandi. O‘rganish davrida 32 metr kub saksovul o‘simligi noqonuniy holda chopib olinganligi aniqlandi va ushbu holat bo‘yicha boshqarma mutaxassislari tomonidan tegishli organlar bilan birgalikda keskin chora ko‘rish uchun ish olib borilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources