![](/uploads/2020-04-17_1045main.jpg)
Gurlan tumani inspektsiyasi tomonidan muntazam reyd tadbirlari o‘tkazilib, unda noqonuniy chiqindixonalar aniqlanib, bartaraf etilmoqda.
Xususan, navbatdagi reyd davomida Gurlan tumani Do‘simbiy qishlog‘i «Taxtako‘pir» mahallasi hududida qattiq maishiy chiqindilardan iborat bo‘lgan 2 ta noqonuniy chiqindixona borligi aniqlandi. Chiqindilarni olib chiqib ketishda inspektsiya xodimlari, tuman «Toza hudud» DUK ishchilari va maxsus texnika jalb qilinib, chiqindixona o‘z vaqtida bartaraf etildi.
Shu bilan birga, mazkur holat yuzasidan mahalla raisiga ogohlantirish berildi va aholiga chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Hurmatli yurtdoshlar! Doimo ko‘chalar, hovlilar, ko‘p qavatli uylar atroflarini pokiza saqlanishiga g‘oyatda e’tibor bo‘laylik!
Chiqindilarni belgilangan joylarga olib borib tashlaylik!
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati