Qorqalpog‘iston Respublikasi: Atmosfera havosi tozalandi
17.
04. 2020
10:38
5312
News

Butun dunyo ahli karantin munosabati bilan iloji boricha uyda qolmoqda. Transport qatnovi cheklangan. Nukus shahar gidrometeorologiya laboratoriyasining kunlik ma’lumotlariga ko‘ra, shahar havosida chang va azot oksidlari, is gazi miqdori keskin kamayganligi aniqlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 119 345 ta avtotransport vositasi mavjud bo‘lib, ushbu avtotransport vositalaridan har yili atmosfera havosiga 31,7 ming tonna zararli moddalar tashlangan. Respublika bo‘yicha avtotransport vositalaridan bir kunda 86,8 tonna zararli moddalar tashlanar edi. Bu esa bugungi kunda 85% ga kamaygan. Atmosfera xavosining tozaligi atrof-muhitni yanayam ko‘rkamlashtirib, shahrimiz xavosida sezilarli darajada bilinmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources