Sirdaryo viloyati: Brakonerlar ushlandi
16.
04. 2020
20:46
5650
News

Joriy yilning 16-aprel kuni erta tongdan Sirdaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Sardoba tumani inspektsiya xodimlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi. Reyd tadbirida ashaddiy baliq ovlovchilar ushlandi. Buni qarangki, to‘r yordamida baliqlarni ushlayotgan fuqaro soha xodimlari kelganini payqamay ham qoldi. «Zomin» MFY da yashovchi fuqaro A.D. leskali to‘r yordamida noqonuniy baliq ovlash ishlarini anchadan buyon amalga oshirib kelayotganligi aniqlandi. Fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qism bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources