Jizzax viloyati: Faoliyati to‘xtatildi
16.
04. 2020
19:45
5417
News

Sanoat va ishlab chiqarish sohasining rivojlanib borishi yurt farovonligi va aholi turmush tarzining yaxshilanishidan darakdir. Ammo ishlab chiqarishdan chiqayotgan chiqindilar yoki atmosfera havosiga zararli moddalarning chiqarilishi tabiatning ifloslanishiga va ekologiyaning buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Jizzax shahridagi «O‘ktam Sirojiddin» XK ohak ishlab chiqarish korxonasi ohak qurilish mahsuloti ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. Bugungi kunda mazkur xususiy korxona o‘z faoliyati natijasida atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash me’yorlari buzilgan va atmosferaning belgilangan me’yoridan ortiq ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.10.2019 yildagi «2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi №PF-5863-sonli Farmonining 5-bobida ko‘rsatilgan ya’ni, «Amaldagi ishlab chiqarish quvvatlarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarida samaradorligi 95 foizdan past bo‘lmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalar qo‘llanilishini ta’minlash» bo‘yicha Qonun talablarining muvofiqlashtirilishi maqsadga muvofiqdir.

Yuqoridagilarga asoslanib, Jizzax viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan aholi punktlarida atrof-muhitni muntazam ravishda me’yoridan ortiq ifloslantirganligi uchun «O‘ktam Sirojiddin» XK korxonasining faoliyati to‘xtatildi. Hozirgi kunda korxonani aholi punktlaridan chetga, ekologik havfsiz bo‘lgan Jizzax shahridagi «A» sanoat hududiga ko‘chirish ishlari boshlandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources