Transport vositalari harakatining cheklanishi atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini keskin kamaytiradi
15.
04. 2020
14:29
5504
News

O‘zbekistonda karantin e’lon qilinganligi bois avtomobillar qatnoviga qo‘yilgan cheklov natijasida Surxondaryo viloyatida atmosfera havosiga tashlanishi mumkin bo‘lgan zararli gazlar miqdori hisoblab chiqildi. Unga ko‘ra, karantin davrida Surxondaryo viloyatining o‘zida atmosfera havosiga 6,3 ming tonnadan ortiq zararli gazlar tashlanishining oldi olinadi.

Surxondaryo viloyatida umumiy 170 mingdan ortiq transport vositalari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shundan 150 mingdan ortig‘i yoki 88,2 foizi xususiy sektorlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu transportlardan bir yilda o‘rtacha 78 ming tonna tashlanmalar atmosfera havosiga tashlanadi.

Joriy etilgan karantin davrida transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtalishi natijasida tabiiy ravishda bir oyning o‘zida atmosfera havosiga 6,3 ming tonnadan ortiq zararli gazlar tashlanishining oldi olinadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources