Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida Qizil kitobga kiritilgan qora laylaklar kuzatildi
14.
04. 2020
19:10
6611
News

Qora laylak zaif, tabiatan kamyob, uchib o‘tuvchi tur. TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan [LC]. Yashash joylari. D.s.b. 700-2000 m bo‘lgan tog‘ vohalari (uyalash); tekislikdagi suv havzalari (uchib o‘tish).

Soni. Doimo kam bo‘lgan. Taxminan 70 jufti uyalaydi, yuzdan ortig‘i uchib o‘tadi. Qurama tog‘ining shimoliy yonbag‘irlarida 4–5 juft, Chotqol tog‘ining Qoraboshsoy, Shovozsoy, Aqchasoy, Qoraboysoyida kamida 10 juft. Sheroboddaryoda – 1 juft. Surxon davlat qo‘riqxonasida 10–12 juft atrofida uyalaydi. Uyadan ko‘chish va uchib o‘tishdan so‘ng Ohangaron daryosi o‘zanida 30 tagacha (G‘arbiy Tyan-Shan), ayrim yillarda – 100 dan (2008–2009 yillar) ortiq uchraydi. Amudaryo qayirida (Surxondaryo viloyati) turli yillarda 50–80 donagacha ushbu turga mansub qushlarni uchratish mumkin. Keyingi o‘nyilliklarda G‘arbiy Tyan-Shanda sonining sezilarsiz darajada oshgani kuzatilmoqda. Dunyodagi populyatsiyasi 24–44 mingta deya e’tirof etiladi, trendi noma’lum.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources