Qoraqalpog‘iston: «Qizil miya» o‘simligi ildizini qazib olgan fuqaro 9 080 560 so‘m tabiatga zarar yetkazdi
13.
04. 2020
16:35
5888
News

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi tomonidan navbatdagi reyd tabdiri o‘tkazildi. O‘rganish natijasida Chimbay tumanida yashovchi fuqaro G.A. tomonidan Bo‘zatov tumani «Erkindarya» OFY hududidan noqonuniy ravishda hech qanday ruxsatsiz (shartnomasiz) 4072 kg «Qizil miya» o‘simligi ildizlarini qazib olgan vaqtida to‘xtatildi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tabiatga yetkazilgan zararini qoplash uchun 9 080 560 sum da’vo hisoblandi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 60-moddasiga asosan ma’muriy ishlar bo‘yicha sud organiga tekishli hujjatlar taqdim qilindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources