Qoraqalpog‘iston: Brakonerlar ushlandi
13.
04. 2020
11:18
5701
News

Joriy yilning 12 aprel kuni soat 19:15 atrofida Davlat ekologiya qo‘mitasi va Mo‘ynoq tumani inspektsiyasi mas’ullari bilan birgalikda reyd tabdiri o‘tkazildi.

Ushbu reyd natijasida Mo‘ynoq tumanida yashovchi fuqaro M.J. tomonidan Mo‘ynoq tumani «Qarajar» OFY hududida joylashgan «Sudoche» ko‘lida ov qilish tartib qoidalarga amal qilmasdan, ov qilish ruxsat etilmagan vaqtda jami 5 dona yovvoyi o‘rdak qushlarini ovlaganliklari aniqlandi.

Holat yuzasidan fuqaro M.J.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qarorining 14-ilovasiga asosan tabiatga yetkazilgan zararini qoplash uchun 1 115 000 sum davo hisoblandi va Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 90 moddasi 4 bandiga asosan ma’muriy ishlar bo‘yicha sud organiga o‘tkazish uchun hujjatlar tayorlanmoqda.

Ushbu yuqorida ko‘rsatilgan ashyoviy dalil sifatida olingan yovvoyi o‘rdak qushlarini Mo‘ynoq tumanidagi ijtimoiy ximoyaga muxtoj xonadonlarga xayriya ehson sifatida topshirildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources