Buxoro viloyati: markaziy chiqindixonalar o‘rganilmoqda
12.
04. 2020
18:14
6111
News

Buxoro shahrida hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilar Buxoro tuman «Kunji Qal’a» MFY «Qozi Said» qishlog‘idan 2 km uzoqlikda joylashgan, hududi 20 gektardan iborat poligonga joylashtiriladi. Poligon 1975 yilda tashkil qilingan. «Maxsusavtoxo‘jalik» MChJ bilan Buxoro shahar Obodonlashtirish boshqarmasi o‘rtasida qattiq maishiy chiqindilar poligonidan 39 yil muddatga foydalanish uchun ijara shartnomasi tuzilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublika aholi punktlarida sanitariya jihatdan tozalash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 2013 yil 3 dekabrdagi 315-sonli qaroriga asosan Buxoro shahridagi to‘lib qolgan poligonini to‘liq yopish hamda 10 ga maydonda qattiq maishiy chiqindilarni ko‘mish uchun yangi poligon qurish maqsad qilingan edi. Hozirda ushbu poligon aholi yashash joyiga yaqin bo‘lgani bois, o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

«Aholitrans» MChJ tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining «Beston macnnery Co.Ltd» kompaniyasi bilan zamonaviy chiqindilarni saralash liniyasini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Poligon hududida ishga tushiriladigan ushbu liniya bir sutkada 400 tonna chiqindini saralash quvvatiga ega.

Markaziy poligon Buxoro shahar inspektsiyasi rahbariyati tomonidan joyiga borib o‘rganildi. Chiqindixona hududidagi ishlar ekologik me’yorlarga muvofiq tashkil etilishi yuzasidan «Maxsusavtoxo‘jalik» MChJ rahbariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


Useful resources