Toshkent viloyati: «SRJ INVEST AGRO FEED» hamda «JOZI FISH MEIL» MChJ faoliyati ekologik talablarga mos emas
06.
04. 2020
19:26
5719
News

Toshkent viloyati, Quyichirchiq tumani, «Paxtachi» MFYda joylashgan «SRJ INVEST AGRO FEED» hamda «JOZI FISH MEIL» mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga qarashli parrandachilik faoliyati davomida hosil bo‘ladigan chiqindilar va suyak chiqindilarini qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tsexlari tashkil etilgan.

Mazkur tsexlar faoliyati davomida atmosfera havosiga va fuqarolar salomatligiga salbiy ta’sir yetkazayotganligi holatlari kuzatilib, ushbu korxonalar rahbarlariga atmosfera havosini ifloslantirmaslik, faoliyati davomida fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertizasi to‘g‘risida»gi Qonunining 1,13-moddalari talablariga asosan belgilangan tartibda ob’ektni ekologik ekspertizadan o‘tkazish to‘g‘risida bir necha bor ogohlantirish xatlari berilgan edi.

Olib borilgan profilaktika tadbirlari va tushuntirishlarga qaramasdan yuqorida bayon etilgan 2 ta korxona faoliyati davomida atmosfera havosini ifloslantirishda davom etib, aholining o‘rinli e’tirozlariga sabab bo‘lgan.

Shu munosabat bilan bugungi kunda mazkur korxonalar faoliyatini vaqtincha to‘xtatish xamda qonuniy chora ko‘rish masalasida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayorlanmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources