Toshkent viloyati: Nurafshon hokimi o‘rinbosariga moratoriy tegishli emasmi?
06.
04. 2020
17:44
6112
News

Mamlakatimizda moratoriy e’lon qilingan bo‘lsa-da, nafaqat fuqarolar, balki vakolatli davlat organlari tomonidan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar o‘zboshimchalik bilan kesish davom etmoqda.

Toshkent viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat inspektsiyasi hodimlari tomonidan joylarda tezkor nazorat tadbirlari hamda profilaktika ishlari muntazam amalga oshirilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, joriy yil 5 aprel kuni Toshkent viloyati, Nurafshon shahrining «Begaltepa» MFY hududida 9 tup archa va 1 tup chinor daraxtlari tag qismidan kesiligan hamda 1 tup chinor daraxti o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlantirganligi ma’lum bo‘ldi.

Ko‘rsatilgan manzilda mazkur daraxtlarni kesish ishlarini olib borayotgan fuqarolardan daraxt kesishga ruxsat beruvchi tegishli hujjatlar so‘ralganda, hech qanday hujjatlar mavjud emasligi va daraxtlarni kesish uchun Nurafshon shahar hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan topshiriq berilganligi ma’lum qilingan.

Shundan so‘ng o‘zini Nurafshon shahar hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Bunyod deb tanishtirgan shaxs kelib, bu yerda yo‘l qurilish ishlari olib borilayotganligi munosabati bilan daraxtlarni kesish ishlarining boshlaganligini va ruxsat olish uchun yagona darchaga murojaat qilinganligini ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu holat yuzasidan hokim o‘rinbosaridan yozma ravishda tushuntirish so‘ralganda, uni berishdan bosh tortdi hamda kesish ishlarini olib borayotgan shaxslarni ham tarqatib yubordi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi «Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 43-sonli qaroriga muvofiq daraxtlar kesilishi natijasidan tabiatga yetkazilgan zarar hisob kitob qilinganda, zarar summasi 109 270 000 so‘mni tashkil qilgan.

Hozirda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources