Toshkent shahri: muqobil sanitar tozalash xususiy korxonalari faoliyati masofaviy boshqarilmoqda
02.
04. 2020
20:07
5665
News

Yurtimizga koronavirusning kirib kelishi va qat’iy karantin qoidalarining o‘rnatilganiga qaramay, (albatta ularga to‘la amal qilgan holda) mamlakatimizdagi barcha sanitar tozalash korxonalari xodimlari kunu tun tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Jumladan, Mirobod tumanida faoliyat yuritayotgan «Mironshoh» va «Rahnamo» muqobil sanitar tozalash xususiy korxonalari tasarrufidagi chiqindi yig‘ish maydonchalarida har kuni to‘liq dezinfektsiya ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, korxonalarga qarashli bo‘lgan barcha texnikalar ham dezinfektsiya qilinmoqda.

Bu ishlarni yanada faollashtirish maqsad qilingan. Xususan, koronavirus pandemiyasi sabab, yuqoridagi 2 korxonaning ish faoliyati masofaviy boshqaruvga o‘tkazildi. «Mironshoh» va «Rahnamo» muqobil sanitar tozalash xususiy korxonalari tasarrufidagi chiqindi yig‘ish maydonchalariga o‘rnatilgan zamonaviy rusumdagi kuzatuv kameralari bunga to‘la ravishda imkoniyat yaratadi. Hozirda chiqindi yig‘ish maydonchalarining ish faoliyati va unda ro‘y berayotgan barcha xatti-harakatlarni korxona ofisidan chiqmasdan turib masofaviy kuzatish mumkin.

Albatta, maqsad chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda xavfsizlikni, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ining hamda atrof-muhitning xavfsizligini ta’minlash, aholi punktlarida turli xil yuqumli va infektsion kasalliklarning oldini olishdan iborat.

Fidoyi, o‘z ishiga sadoqatli, halol va har kuni chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirayotgan muqobil sanitar tozalash xususiy korxonalari mas’ullari va xodimlariga mustahkam sog‘liq, sabru qanoat hamda ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources