Samarqand viloyati: Noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi
31.
03. 2020
14:16
5916
News

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4078-sonli qarori («Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida») ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasi hamda Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish Samarqand-Buxoro MI inspektsiyasi xodimlari bilan hamkorlikda Past Darg‘om tuman hokimining 2019 yil 6 fevraldagi 552-sonli qaroriga asosan tumandagi «Do‘stlik» massivi hududidagi tuman hokimligi zahira yer maydoni hisobidan fuqaro B.M.ga yengil konstruktsiyadan yasalgan issiqxona qurilishi uchun ajratilgan 6,4 ga yer maydoni joyiga chiqib o‘rganilganda, fuqaro B.M. o‘ziga ajratilgan yer maydonidan qarorda ko‘rsatilgan maqsadda emas, aksincha, yer qa’ridan foydalanish ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan holda, u yerdan qurilish ishlari uchun ishlatiladigan qum hom-ashyosini qazib olayotganligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha fuqaro B.M.ga issiqxona qurilishi uchun ajratilgan 5,0 ga yer maydoni foydalanilmasdan bo‘sh turganligi sababli tuman hokimining 2020 yil 30 yanvardagi 202-sonli qaroriga asosan zahiraga qaytarilgan.

Holat yuzasidan joyida marksheyderlik o‘lchov ishlari o‘tkazildi va yer maydoni elektron taxometr «Stonex R1» o‘lchov asbobi yordamida o‘lchanganda, natijalarga ko‘ra, qazib olingan 91 695,5 m3.ni tashkil qilganligi aniqlandi.

Hozirda mutasaddilar tomonidan yetkazilgan zarar summalarini aniqlash maqsadida to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim qilindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources