Amudaryo tumani: «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 52-moddasi talablarin buzgan ikki fuqaroga jarima belgilandi
25.
03. 2020
14:24
5928
News

Amudaryo tuman inspektsiyasining Davlat inspektorlari tomonidan tezkor nazorat reyd o‘tkazildi. Nazorat reyd tadbiri davomida Amudaryo tumani «Xolimbeg» OFYda yashovchi fuqarolar O‘.D. hamda A.S. tomonidan «Xolimbeg» OFY cho‘l hududidan noqonuniy ravishda tuproq (qum) olib ketayotganliklari aniqlandi.

Har ikkala alohida holatda mazkur huquqbuzarlarning har biriga O‘zbekiston Respublikasi «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 52-moddasi talablarini buzganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismiga asosan har biriga 2 230 000 so‘m miqdorda jarima belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources