Samarqand viloyati: 2 tup chinor daraxtalari noqonuniy ravishda kesib tashlanganligi aniqlandi
23.
03. 2020
20:15
5501
News

2020 yilning 21 mart kuni M.Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan «Afsona» cho‘milish suv havzasi hududida 2 tup chinor daraxtalari noqonuniy ravishda kesib tashlanganligi aniqlandi. Ushbu holat viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan joyida borib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan 2020 yil 20 yanvarda 1-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va «MALAXIT PLUS» MChJ o‘rtasida tuzilgan «A. Navoiy» nomli madaniyat va istirohat bog‘iga qarashli «Afsona» cho‘milish suv havzasini moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish va qayta rekonstruktsiya qilish zamonaviy jihozlash hamda undan foydalanish haqida davlat-xususiy sheriklik bitmi mavjudligi aniqlandi.

«MALAXIT PLUS» MChJ rahbari buyrug‘i bilan belgilangan tartib qoidalarga amal qilmasdan 2 tup chinor daraxtlari o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda kesib tashlanganligi oqibatida o‘simlik dunyosiga 44 mln 600 ming so‘m zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, to‘plangan hujjatlar Samarqand shahar ma’muriy sudiga yetkazilgan zararni undirish uchun taqdim etdi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources