Daraxtlar xatlovi boshlandi
19.
03. 2020
13:23
5217
News

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishida daraxtlar va butalarni himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha, xususan daraxtlar va butalarning, shu jumladan yangi ekilgan daraxtlarning xatlovini o‘tkazish, ro‘yxatga olish, tegishli belgilar o‘rnatish hamda avtomatlashtirilgan tizimga kiritish, ularning parvarishini tashkil etish bilan bog‘liq ishlarni samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.

Hozirda Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi multimedia markazida maxsus ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, ma’lumotlar elektron tarzda kiritib borilmoqda.

Ayni damda Davlat ekologiya qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan mazkur masalalar yuzasidan ishlar Yakkasaroy tumanidagi mahallarda olib borilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources