Buxoro viloyatida reyd tafsiloti
18.
03. 2020
12:12
5871
News

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Buxoro tumani inspektsiyasi tomonidan Buxoro tuman «Shergiron» MFY Deximiyona qishlog‘ida olib borilgan profilaktik reyd davomida fuqaro R. Sh. tomonidan maishiy chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlayotgan holati Buxoro tuman davlat inspektorlari tomonidan to‘xtatildi.

Ushbu hatti-harakat O‘zbekiston Respublikasining «Chiqindilar to‘g‘risida»gi Qonuni talablarining buzilganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 91 pr 1-moddasiga muvofiq fuqaro R. Sh. ga nisbatan 223 000 jarima summasi belgilandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources