Andijon viloyati: Yana bir noqonuniy qum-shag‘al qazuvchilar faoliyatiga chek qo‘yildi
16.
03. 2020
19:31
5474
News

2020 yil 16 mart kuni Andijon viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan reyd tashkil etilib, uning davomida Asaka tuman xududidan oqib o‘tuvchi Shahrixonsoy muhofaza hududlarida fuqaro M.X. shaxsiy ekskavatori bilan keng tarqalgan foydali qazilma hisoblangan qum va shag‘alni noqonuniy qazib olib, yuk tashuvchi avtotransportga yuklayotganligi aniqlandi. Huquqbuzarga nisbatan MJtK ning tegishli bandlariga ko‘ra, bazaviy hisoblash mikdorining 10 barobarida jarima qo‘llanildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources