Toshkent xalqaro investitsiya forumi
31.
01. 2020
12:26
5517
News

2020 yil 5-6 mart kunlari O‘zbekistonda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum eksklyuziv tadbir bo‘lib, o‘z maydonida 1500 dan ortiq xorijiy va milliy kompaniyalar rahbarlarini, investorlarni, eksportchilarni va xalqaro ommaviy axborot vositalarini to‘plash uchun xizmat qiladi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

Forum dasturi bo‘yicha qator yo‘nalishlarda panel sessiyalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, jumladan: «Biznes uchun ochiqlik», «Mintaqaviy aloqalarni chuqurlashtirish», «Texnologik innovatsiyalarni qo‘llash».

Batafsil: www.mift.uz saytida

 


Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati


 


 

Useful resources