Ona tabiatning xar bir nuqtasi nazoratda!!!
05.
09. 2019
14:26
7447
News

Biologik xilma-xillik har bir davlatning milliy boyligi sanaladi. Yurtimiz takrorlanmas tabiat go‘zaligiga boy o‘lka-ki, uni ta’riflashga so‘z yetmaydi. Mamlakatimizda sanoqli, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mavjud, bu hududlarni tashkil etishdan asosiy maqsad tipik, noyob, qimmatli tabiiy ob’ektlar va majmualarni, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan, atrof tabiiy muhit monitoringini olib borishdan, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat.

Bu tabiiy boyliklarning qadriga yetmayotgan ayrim fuqarolarimiz, o‘zlarining boylik ortirish yo‘lidagi shaxsiy manfaatlari yo‘lida nobud qilayotganini qanday tushinish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi «Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Bioxilmaxillik to‘g‘risidagi Halqaro Konventsiyasining 1995 yildan boshlab a’zosidir. O‘zbekiston Respublikasi mamlakat hududining 17% da I-V toifali muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil qilish to‘g‘risida majburiyati mavjud. Hozirda mazkur toifali muhofaza etiladigan tabiiy hududlar mamlakatimiz hududining 5% nigina tashkil qiladi. Davlat qo‘riqxonalari va Milliy tabiat bog‘lari va biosfera rezervatlarining qo‘riqxona zonalarining umumiy maydoni mamlakatimiz hududining atiga 0,5% tashkil qiladi xolos.

«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi, «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonun talablarga asosan, Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Hisor davlat qo‘riqxonasi hududida Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonunbuzilish holatlariga qarshi kurashish maqsadida joriy yilning 26 avgust kuni o‘tkazilgan nazorat reydida Qo‘riqxonaning Qizilsuv bo‘limi mahalliy nomi «Xo‘ja pirpirota» qoyasidan pastgi tarafi «Xonaqa» ziyoratgohi atrofida Dehqonobod tumani «Do‘konxona» qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ismoilov Kamoliddin Ismoil o‘g‘li ikki bosh it (kuchuk), ikki bosh eshak 1001 (bir ming bir) bosh qo‘y, 103 (bir yuz uch) bosh echki, 27 (yigirma yetti) bosh qoramol, 1 (bir) bosh otlarni noqonuniy boqilayotganligi aniqlangan. K.Ismoilovning so‘zlariga qaraganda bu chorva mollarini «Ahmadboy» ismli shaxsga tegishli ekanligini bildirdi (Holat bo‘yicha foto va videosyomkalarga olingan.)

Bundan tashqari Qo‘riqxonaning Qizilsuv bo‘limi mahalliy nomi «Xonaqa» hududidi «Xo‘ja pirpirota» qoyasi pastgi tarafida Dehqonobod tumani «Do‘konxona» qishlog‘ida yashovchi Ahadov Asliddin Ilhom o‘g‘li, Salomov O‘rol Eshon o‘g‘li, Bobanarov Odil Samadovichlar 1340 (bir ming uch yuz qirq) bosh qo‘y, 60 (oltmish) bosh echkilarni qo‘riqxona hududida boqayotganligi aniqlangan.

Mazkur aniqlangan holatlar bo‘yicha fuqarolarga Davlat qo‘riqxonasi va uning atrofida har qanday faoliyat turi taqiqlanganligi va O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi Qonuni, «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risda»gi Qonunlari va sohaga oid boshqa qonun va qonunosti hujjatlari talablari tushintirib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.2014 yildagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ning 16-ilovasiga asosan Tabiatga, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorini birlamchi aniqlangan holatga nisbatan hisoblanganda 559 mln. 752,3 ming so‘mni tashkil etadi.

Yuqoridagi aniqlangan holatlar bo‘yicha vakolat doirasida to‘plangan hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi.

Bu boradagi ishlar ekologiya davlat qo‘mitasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda davom etirilmoqda.
 


Useful resources