Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazida GPS-monitoring
04.
09. 2019
11:33
6150
News

Qoraqolpog‘iston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi va viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari qoshida tashkil etilgan «Sanitar tozalash markaz»lari tomonidan maxsus texnikalarni onlayn nazorat qilish uchun GPS kuzatuv  monitoring xonalari tashkil qilindi.

Bugungi kunda, Sanitar tozalash korxonalarida jami 3270 ta texnika mavjud bo‘lib, shundan 2010 tasiga GPS kuzatuv moslamalari o‘rnatildi. Bu esa texnikalarni onlayn kuzatib borish, o‘z navbatida sifatli xizmat ko‘rsatish hamda belgilangan grafik asosida harakatlanishini nazorat qilish imkonini beradi.

Kelgusida hususiy sanitar tozalash korxona texnikalariga ham GPS kuzatuv moslamalari o‘rnatish hamda ularni ham onlayn kuzatish va nazorat qilish rejalashtirilgan.

Useful resources