Hududiy «Toza hudud» DUKlari texnika haydovchilari va chiqindi yuklovchilarining oylik maoshlari 1,7 barobar oshirilishiga erishildi
29.
08. 2019
19:53
8646
News

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 noyabrdagi «Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish uchun to‘lovlarni to‘lash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5580 Farmoniga asosan 2019 yil 1 yanvardan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan pul tushumlarini yig‘ish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi zimmasiga yuklatildi. Natijada aholi tomonidan yig‘ilgan tushum ikki barobarga ortishiga erishildi. Shu sababli hududiy «Toza hudud» DUKlari transport haydovchilari va chiqindi ortuvchi xodimlarining 2019 yil davomida oylik maoshlari 1,7 barobargacha oshirildi.

Jumladan, Samarqand viloyati bo‘yicha 2,2 barobar, Surxondaryo viloyati bo‘yicha 1,9, Jizzax viloyati bo‘yicha 2,2, Xorazm viloyati bo‘yicha 1,8 va Toshkent viloyati bo‘yicha 1,8 barobar ortishiga erishildi.

2018 yilning bir oyda «Toza hudud» DUKning bitta haydovchi va chiqindi ortuvchi xodimining o‘rtacha oylik maoshi 747,0 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib esa oylik maoshi 1200 mln. so‘mni tashkil etdi.

2019 yilda dastur doirasida qo‘shimcha 307 dona chiqindi tashuvchi texnikalar xarid qilinishi ko‘zda tutilgan. Bu esa yil oxiriga kelib qo‘shimcha daromad oshishini ta’minlaydi.

2020 yilda hududiy «Toza hudud» DUKlari haydovchi va chiqindi ortuvchi xodimlarining oylik ish haqlari o‘rtacha 2 500 000 so‘mga yetkazilishi rejalashtirilmoqda.

Useful resources