Andijon viloyati Asaka tuman Ilg‘or qishlog‘i Axtachi sanoat hududida joylashgan faoliyat olib borayotgan MChJ shaklidagi «SING LIDA» qo‘shma korxonasi faoliyati yuzasidan AXBOROT
21.
08. 2019
15:26
6675
News

Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Asaka tumani Ilg‘or MFY Axtachi sanoat hududida joylashgan «SING LIDA» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasiga qarashli tsement ishlab chiqarish korxonasi ikkita liniyadan iborat bo‘lib, birinchi liniyasi 2013 yilda faolyatini boshlagan, ikkinchi liniyasi 2015 yil ishga tushirilgan. Ishlab chiqarishning birinchi liniyasi barcha chang-gaz tutish filtrlari bilan jihozlangan holda ishga tushirilgan. Korxonaning ikkinchi liniyasi chang-gaz tutish filtrlari o‘rnatilmasdan avval ishga tushirib yuborilgan. Buning natijasida yaqin atrofdagi aholining bir necha bor xaqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.

2019 yil may, iyun oylarida viloyat Ekologiya boshqarmasi, viloyat Ob-havoni kuzatish markazi hamda viloyat DSEN markazlari tomonidan olingan tahlil natijalariga ko‘ra atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlamalar miqdori bir necha marotaba ortganligi kuzatilgan.

Tahlil natijalari bo‘yicha belgilangan tartib bo‘yicha chang, oltingugurt oksidi va azot oksidi me’yoridan ortganligi aniqlangan.

Joriy yilning 2019 yil iyun oyida olingan tahlil natijalariga ko‘ra me’yoridan ortiq bo‘lgan moddalar konsentratsiyasini kamaytirishi maqsadida korxona ixtiyoriy ravishda ish faoliyatini 2 marotaba 2 kundan  4 kungacha to‘xtatib, ishlab chiqarish tsexidagi chang-gaz tutish filtr kamerasidagi nosoz holga kelgan chang tutish filtrlari (qopchalari)ni Xitoy Respublikasidan 1560 dona (qopchali) maxsus havo tozalash moslamalariga almashtirish ishlari amalga oshirildi.

Korxonadan atmosfera xavosiga tashlanayotgan tashlamalarini doimiy nazoratda ushlab turish maqsadida ishlab chiqarish tsexining atrofidan viloyat Ob-havoni kuzatish markazi xodimlari bilan hamkorlikda bir oyda kamida ikki matoraba tahlil uchun namunalar olib turish yo‘lga qo‘yildi. Oxirgi olingan tahlil natijalariga ko‘ra 4 turdagi atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalardan bittasi, ya’ni chang miqdori qisman me’yoridan ortganligi kuzatilib korxona rahbariyatiga boshqarma tomonidan tegishli ogohlantirishlar berilib doimiy nazoratga olindi.

Xo‘jaobod tumani hokimining 2017 yil 27 oktyabrdagi 1785-q sonli qarori hamda korxonaning 2019 yil 15 iyun kungi 87-sonli ma’lumotnomasiga asosan ushbu tsement zavodi Xo‘jaobod tumani Do‘stlik va A.Qaxxor massiviga 2020 yilda ko‘chirilishi rejalashtirilgan, hozirda ushbu hududda qurilish ishlari olib borilmoqda.

Useful resources