«Sudoche» ko’llar tizimida sodir bo’lgan yong’in oqibatlari tafsilotlari
09.
07. 2019
14:32
6534
News

Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 4 iyul kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Mo’ynoq tumani «Sudoche» ko’llar tizimida sodir bo’lgan yong’in yuzasidan videolavha joylashtirildi. Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 5 iyul kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo’mitasida ushbu ko’llar tizimida sodir etilgan yong’inni barataraf etish choralarini ko’rish, shuningdek, tabiatga etkazilgan zararni aniqlash maqsadida tezkor guruh tuzilib voqea joyiga yuborildi.

O’rganish natijalariga, shuningdek, Mo’ynoq tumani yong’in havfsizligi bo’limi hamda Mo’ynoq tuman «Meteostantsiya» bo’limining xulosasiga ko’ra, yong’in tabiiy chaqmoq natijasida yuzaga kelib,  2019 yil 4 iyul kuni soat 15-30 atrofida Sudoche ko’llar tizimining sharqiy-janub qismidagi Qoratereng bo’limida  orolchalardan boshlanib shamol natijasida atrofdagi qamishzorlarga va shimoliy-janub hamda qirg’oq bo’yi mintaqasiga tarqalgan. Yong’in ko’l o’rtasidagi orolchalarda yuz berganligi va yong’inga yaqin borishga imkoni mavjud emasligi sababli yong’inni o’chirish iloji bo’lmagan. Chunki yong’in boshlangan maydonlarda motorli qayiq yoki orolchalar usti qamish bo’lib tag qismi suvli botqoq bo’lib odam kirib borishi mumkin bo’lmagan.

Yong’in tufayli jami yongan maydon 278 gektarni tashkil etib, shundan, «Mo’ynoq akvasanoat» DUKga qarashli maydoni 111,2 gektar, «Sudoche» ornitologik buyurtmaxonasiga qarashli maydoni 166,8 gektarni tashkil etadi.

«Sudoche» ornitologik buyurtmaxonasi hududi yovvoyi holda yashovchi ondatra, o’rdak (bir necha turlari), /oz, oqqush, birqozon, qoravoy, flamingo va boshqa hayvonot dunyosiga zarar etkazilgan holat uchramadi.  Chunki suvda suzuvchi qushlar va boshqa hayvonot turlari yashash makoni va ular bahor oylarida tuxum qo’yib ko’payadigan hudud hisoblanadi. Lekin o’rganish davomida hayvonot dunyosi nobud bo’lgan holat qayd etilmadi. Chunki hozirgi kunga kelib polaponlar katta bo’lib bemalol suvda suzib yuradigan darajada o’sib ul /aygan.

Qoraqalpo /iston Respublikasi Mo’ynoq tumani Sudoche ko’llar tizimidagi qamishzorlarga yon /in tufayli etkazilgan zarar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkmasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o’tish tartibi to’ /risida»gi qarorining 14 - ilovasi asosida hisoblanib, tabiatga etkazilgan zarar jami 225.435.760 so’mni tashkil qildi.

Yon /in 2019 yil 6  iyul kuni soat 23-00 lar atrofida o’chgan.
 


 

Useful resources