Joriy yilning 27 iyun kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ining «Ohangaron shahridagi 2-daha, 9, 10, 11… uylar atrofida sababsiz kesilayotgan daraxtlar» maqolasi yuzasidan - MA’LUMOT
28.
06. 2019
20:17
7409
News

Joriy yilning 27 iyun kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ining «Potribitel.uz» guruhiga
«Ohangaron shahridagi 2-daha, 9, 10, 11… uylar atrofida sababsiz kesilayotgan daraxtlar» maqolasi yuzasidan
MA’LUMOT

Toshkent viloyati, Ohangaron shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspektsiyasi hodimlari voqea joyiga chiqgan holda, Ohangaron shahri, 2-daha “Umid” MFYga qarashli 9, 10, 11 uylar atrofida amalga oshirilayotgan ishlar to‘liq o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra Ohangaron shahar hokimining 2019 yil 24 may kuni 82-F-son Farmoyishiga asosan obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 25 tup manzarali daraxtlarga shakl berish maqsadida sanitar tartibda ularning shox-shabbalarini kesish ishlari amalga oshirilib ushbu hududda joylashgan daraxtlar tag qismidan kesilmaganligi aniqlandi.

O‘rganish davomida xech qanday qonunbuzarlik holati aniqlanmadi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Ohangaron shahar Obodonlashtirish boshqarmasiga qurigan daraxtlarni kesish yuzasidan  inspektsiya xodimlari ishtirokida xatlovdan o‘tkazib Qonunchilikda belgilangan tartibda hulosa va tegili ruxsatnoma olishi bo‘yicha ogohlantirish berildi.
 



Общий вид улицы и прилежащей территории с деревьями
после проведения инспекции на 2-ом массиве г.Ахангаран

Useful resources