Kuz fasli kelishi bilan xazonrezgi mavsumi boshlanib, shahrimiz aholisi yana bir muammoga – to‘kilgan barglar va kesilgan shox-shabbalarni yoqib yuborilayotganiga duch keladi.
Bunday harakat huquqbuzarlik bo’lib, “Ma’muriy javobgarlik to’g’risida”gi kodeksga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarigacha - 3,3 million so‘mgacha jarima solinishiga sabab bo'ladi. Shuningdek, somon yoqilishi sababli ushbu yerdagi tuproq unumdorligining kamayishi oqibatida yetkazilgan zarar summasi majburiy tartibda undiriladi.
Fuqarolardan shunday holatlarga duch kelgan taqdirda 11-57 ishonch raqamiga qo’ng’roq qilib, xabar berishlarini yoki @ecogovuz_bot telegram botiga murojaat qilishlarini so’raymiz!