Noqonuniy tarzda qum-shag'al qazigan huquqbuzar 16,5 million so'm jarimaga tortildi
13.
10. 2023
12:24
2040
Янгиликлар

Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Qarshi tuman nazorat inspeksiyasi inspektorlari hamda tuman IIB xodimlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi. 

Reyd davomida "To'q mang'it" MFY hududida  fuqaro O.N. tomonidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasi qazib olinayotganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. O.N.ga BHMning 50 barobari - 16 mln 500 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi.

Фойдали манбалар