3-mart – Butunjahon yovvoyi tabiat kuni
03.
03. 2023
09:49
2866
Янгиликлар

Ushbu sananing paydo boʻlishi sayyoramizdagi biologik xilma-xillikni saqlash zarurligini anglab yetish bilan bevosita bogʻliq. 2013-yil 20-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi oʻz rezolyutsiyasi bilan keng jamoatchilikning yovvoyi hayvonot va oʻsimlik dunyosi haqida xabardorligini oshirish maqsadida 3-martni – Butunjahon yovvoyi tabiat kuni deb eʼlon qildi.

Oʻsha yili tabiiy xilma-xillikni muhofaza qilish sohasida muhim bir xalqaro hujjat qabul qilinganining 40 yilligi ham keng nishonlanganini taʼkidlash lozim. Bu oʻrinda 1973-yil 3-mart qabul qilingan Yovvoyi fauna va floraning yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida boʻlgan turlar bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi konvensiya haqida soʻz bormoqda.

Mamlakatimizda ham yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston BMT yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiyaga qoʻshilgan boʻlib, saygʻoq, qor qoplon, buxoro bugʻusi, arxar, qulon, jayron, flamingo, sterx (oq turna) va boshqa noyob koʻchib yuruvchi hayvonlar turlarini asrash yuzasidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Фойдали манбалар