Farg‘ona viloyati: Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi «Yozyovon cho‘llari»da o‘rganish ishlarini olib bordi
25.
05. 2020
13:48
5607
Ekanadzor

Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Sh. Abdurazakov joriy yil 25 may kuni «Yozyovon cho‘llari» tabiat yodgorligida bo‘lib, o‘rganish ishlarini olib bordi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat ekologiya qo‘mitasining «Yozyovon cho‘llari» tabiat yodgorligi hududidan sanoat usulida qum qazib olish bo‘yicha O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan ko‘plab hayvonot va o‘simlik dunyosining kamayib ketishiga hamda mazkur hududda yer osti sizot suvlari ko‘tarilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga olgan holda ushbu hududda qazish ishlarini olib bormaslik yuzasidan xulosa berilib, hudud qat’iy nazoratga olingan edi.

O‘rganish davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi «Yozyovon cho‘llari» tabiat yodgorligi hududida o‘simlik va hayvonot dunyosi turlarining saqlanishi, ko‘paytirilishi va tiklanishiga tahdid soladigan faoliyatga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan nazorat ishlarini kuchaytirish chora-tadbirlari belgilandi. Shuningdek, Qo‘mita Farg‘ona viloyati boshqarmasiga mazkur masala yuzasidan tegishli vazifalar berildi.
 

 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar