Qoradaryo sohilidagi video murojaat yuzasidan
18.
05. 2020
19:45
5427
Yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video murojaat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan joyida atroflicha o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Pastdarg‘om tumani “Temiryo‘lchi” qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryoning 39°48’31.69”S geografik kenglikdagi uchastkasi “Absaitov Bekzod Fayz Baraka” oilaviy korxona tomonidan 2020 yil 30 mart kuni onlayn auksion orqali yutib olgan va 2020 yil 4 apreldan “XAVFSIZ DARYO” davlat unitar korxonasi bilan o‘zaro tuzilgan shartnoma asosida faoliyat boshlagani aniqlandi.
Mazkur uchastkada daryo o‘zanini tozalash ishlari davlat ekologiya ekspertiza xulosasini olgandan so‘ng olib borilgan.

Video tasvirda ko‘rsatilgan daryoning chap qirg‘og‘ida to‘plangan qum, shag‘al daryo o‘zanini tozalashdan hosil bo‘lganligi, kelgusida qirg‘oqni mustahkamlash uchun g‘amlab qo‘yilgani, shuningdek, ushbu hududda hech qanday qizil kitobga kiritilgan o‘simlik turlari mavjud emasligi aniqlandi.

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

Foydali manbalar