Jizzax viloyati: Qoratosh qishlog‘idagi «Xo‘ja Bog‘bon ota» ziyoratgohiga ikki tog‘ orqali kirib boriladi
06.
05. 2020
12:09
6836
Yangiliklar

Ziyoratchilar o‘tiradigan supadan sal teparoqda Xo‘ja Bog‘bon avliyo ota yashagan g‘or bor. G‘orga kiradigan yo‘l borgan sari ingichkalashib, bir odam zo‘rg‘a sig‘adigan yo‘lak darajasiga keladi. Undan o‘tib qorong‘u g‘or tubida uchta kavakka yaqinlashasiz. Kavakda qo‘liga tosh ilingan odamning tilagi amalga oshar ekan.

G‘or haqida shunday rivoyat bor. Aytishlaricha, Xo‘ja Bog‘bon ota avliyo bo‘lgan. Kunlarning birida askarlar ta’qibidan qochib, g‘orga kirib bekinadi. Ollohning mo‘‘jizasini qarangki, u bekingan g‘or og‘ziqalin o‘rgimchak to‘ri bilan qoplanadi. Askarlar g‘or og‘ziga kelib, agar odam kirganida o‘rgimchak ini buzilardi, degan o‘yda undan nari ketadilar. Shu-shu avliyo g‘orni makon tutadi. Chor-atrofda yashaydigan aholi bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, ularga islom ilmidan saboqberadi. Kunlarning birida uning tirikligidan xabar topgan yaqinlari avliyoni ko‘rgani kelishmoqchi bo‘lishibdi.

Shunda Xo‘ja Bog‘bon ota mehmonlarni qaerda,qanday kutib olishni bilmay hayron bo‘lib turganida, unga turli daraxt ko‘chatlari ekib, gul urug‘lariqadash, buloqlarning ko‘zini ochish haqida g‘oyibdan imdod kelibdi. Avliyo aytilganidek qilgan ekan, birpasda daraxtlar ulkanlashib, atrofni gullar ifori, buloqsuvlarining mayin shildirashi tutib ketibdi. Qoratoshni yorib, qizil lolalar ochilibdi. Shu-shu avliyoga bu yerlarning bog‘boni sifatida Xo‘ja Bog‘bon ota nomi berilibdi.

Ziyoratgoh ajib osudalik, yashillik, kishi ruhiyatiga orom berib, yaxshi niyatga undaydi.

Hazrat Mir Alisher Navoiyning «Majolis un nafois» asarida 700 dan ziyod avliyo va piri komil ulug‘lar qatorida Xo‘ja Bog‘bon otani xam tilga olgani tarixdan ma’lum. 

Binobarin, yurtimizda kishini dilini poklab ravshanlashtiradigan, ertangi kunga umid uyg‘otuvchi bunday muqaddas qadamjolar ko‘p.

Bugungi kunda Xo‘ja Bog‘bon ziyoratgohida katta qurilish-obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar