Somon, pichan yoqmang – jarima!
09.
04. 2020
20:46
5849
Yangiliklar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Xo‘jaobod tuman inspektsiyasi inspektorlari tomonidan 2020 yil 9 aprel kuni tumanda o‘tkazilgan reyd tadbirlari natijasida Xo‘jaobod tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi T.A. tomonidan Madaniyat va istirohat bog‘i hududida obodonlashtirish ishlari davomida to‘planib qolgan qattiq maishiy chiqindilarni yoqayotganligi aniqlandi va bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga nisbatan MJtKning 88-1 qismi ma’muriy jarima ko‘llanildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar