Hozirda mamlakatimizda moratoriy joriy etilgan bo‘lsa-da, ammo joylarda hali hamon daraxtlar va butalarni kesish holatlari kuzatilyapti.
Ellikqal’a tuman inspektsiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd tabdiri davomida Ellikqal’a tumani Bo‘ston shahrida yashovchi fuqaro N.M. tomonidan noqonuniy ravishda 6 tub oq teraklar kesilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan 1 115 000 so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararini qoplash 2 876 700 so‘m da’vo hisoblandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati