![](/uploads/2020-04-03_1420main.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 oktyabrdagi «Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 820-sonli qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida», «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida mazkur qaror qabul qilingan edi.
Qarorning 1-ilovasi bilan, O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibini belgilaydi.
Bu esa o‘z navbatida, o‘z tashkilotining har bir tiyini uchun joni achiydigan mas’uliyatli hisobchilarimiz uchun juda qulaylik yaratdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati