![](/uploads/2020-04-03_1320main.jpg)
Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Uychi tumani inspektsiyasi tomonidan olib borilgan nazorat tadbiri davomida Uychi tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz 18 tup archa hamda 1 tup chinor daraxti kesib yuborilganligi aniqlandi.
Surishtiruv davomida huqubuzarlikni sodir etgan shaxs daraxtlarning kesilish yuzasidan hech qanday izoh bera olmadi.
Holat yuzasidan MJtKning 162-moddasi talabi buzilib, 2 230 000 so‘m miqdorida jarima va o‘simlik dunyosiga 3 032 800 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi hamda 18 tup archa daraxtlari uchun 2 965 900 so‘m miqdorida zarar summa hisoblandi. To‘plangan materiallar tuman prokuraturasiga taqdim etildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati