Jizzax viloyati: Kaklikni noqonuniy ovlaganlanlar jarimaga tortildi
20.
03. 2020
19:49
5574
Yangiliklar

Ekologiya sohasidagi nazorat bo‘yicha Zomin tuman inspektsiyasi davlat inspektorlari navbatdagi reyd tadbirida kaklik qushini noqonuniy ovlaganlarni jarimaga tortdilar. Zomin tumani «Duoba» QFY, «Boytepa» qishlog‘i hududida X.M. ismli fuqaro hech bir hujjatlarsiz kaklik ovlagan.

MJtKning 90-moddasi, 1-qismi bilan huquqbuzar ma’muriy javobgarlikka tortildi. Endi qoidabuzar ovga chiqishdan oldin uning oqibatlari haqida yaxshilab o‘ylab ko‘radi.


 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar