![](/uploads/2020-02-20_1430main.jpg)
Joriy yilning 20 fevral kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy ko‘chasi 72, 66/4, 66/2, 66/1 ko‘p qavatli uylari yonida qator daraxtlarining kesilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatga muvofiq Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i hamda murojaat muallifi - O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputati bayon etilgan manzilga chiqib, holatni bevosita joyida o‘rganmoqdalar.
Ayni vaqtda holatning qonuniyligi yuzasidan o‘rganish ishlari boshlandi. Yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumot qo‘shimcha tarzda taqdim etiladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati