![](/uploads/2020-02-05_main1950.jpg)
2020 yil 5 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasida Qozog‘iston Respublikasi Ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri Magzum Mirzagaliev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ikki mamlakatning atrof muhitni muhofaza qilish idoralari o‘rtasida ekologiya sohasida ikki tomonlama hamkorlik hamda uning istiqbollari bilan bog‘liq masalalar, xususan, ikki mamlakat chegara hududlarida AESni qurish, bu borada aholi habardorligini oshirish, jamoat eshituvlarini tashkil etishning muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasi doirasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga hayvonot dunyosi turlarini muhofaza qilish masalalariga, xususan, O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi hukumatlari o‘rtasida sayg‘oqlarni muhofaza qilish, ko‘paytirish va barqaror rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Uchrashuvda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlash bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati