Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishda investitsiya jalb qilishga oid hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
19.
05. 2023
09:42
2787
Yangiliklar

Tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov Yaponiya Moliya vazirligining Xalqaro aloqalar departamenti direktori Oe Toru bilan uchrashdi. Uchrashuv Samarqandda, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Yaponiya tomoni O‘zbekistonning sayyoramizning barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilish, bu borada global miqyosdagi tadbirlarni o‘tkazish uchun joylarni taqdim etish va bu orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi faol ishtirokini yuqori baholadi.

Aziz Abduhakimov mehmonlarni Orolbo‘yida ekologik vaziyatni yaxshilash, Orol dengizining qurishi muammolariga xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb qilish, shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishtirdi.

Yig‘ilishda noyob ekotizimlarni, mamlakat bioxilma-xilligini saqlash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va yashil o‘sishni ta’minlash uchun institutsional salohiyatni oshirish, yuqori malakali mutaxassislar va ekspertlarni tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.

Tomonlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida investitsiyalarni jalb qilish, yashil texnologiyalarni joriy etish, yashil iqtisodiyot tamoyillariga o‘tish va yashil rivojlanish modellarini ishlab borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Foydali manbalar