Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Tungi reyd. Jayron ovchilari ushlandi
23.
08. 2021
09:57
4341
Ekanadzor

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasining Nazorat inspektsiya boshlig‘i K.S. va davlat inspektori K.Q. bilan ekologik jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganishlar jarayonida To‘rtko‘l tumanida yashovchi I.B. va Ellikqal’a tumanida yashovchi fuqaro Sh.U. va E.A.lar tomonidan Taxtako‘pir tumanidagi «Janadarya» OFYda noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 2 bosh jayronini ovlagani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirildi.

Hozirgi vaqtda Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergov oldi, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tabiat in’omini xo‘jasizlarcha talon-taroj qilish ba’zi kimsalarning kasbi-qoriga, mo‘may daromad ko‘rish manbayga aylanib bormoqda. Ammo har bitta qilingan noqonuniy harakat jazosiz qolmaydi. Bizni kuzatishni davom eting, o‘rganish jarayonidan to‘liq ma’lumot beriladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar