Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari tomonidan 2020 yil 30 noyabr kuni shahar va tumanlarda o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida 21 nafar fuqaro belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi aniqlandi.
Bular:
● Bekobod shahrida – 2 nafar
● Bo‘ka tumanida – 1 nafar
● Bo‘stonliq tumanida – 2 nafar
● Zangiota tumanida – 4 nafar
● Quyichirchiq tumanida – 1 nafar
● Oqqo‘rg‘on tumanida – 1 nafar
● Olmaliq shahrida – 1 nafar
● Parkent tumanida – 2 nafar
● Piskent tumanida – 1 nafar
● Toshkent tumanida – 4 nafar
● Chirchiq shahrida – 2 nafar
Aniqlangan holatlar yuzasidan fuqarolarning barchasiga «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi Kodeksning 91-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2 mln 781 ming 500 so‘m jarima belgilanib, shulardan 1 mln 170 ming 550 so‘m miqdori undirildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati