O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranturasiga 2021 yil uchun 11.00.05 - “Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari)” ixtisosligi bo‘yicha QABUL E’LON QILINADI.
Qabulga tegishli barcha zarur ma’lumotlar va talablar bilan ilmiy-tadqiqot institutida tanishish mumkin.
Hujjatlar 2020 yil 20 sentyabrdan 15 oktyabrgacha qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari 2020 yil 1-25 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
– chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til);
– mutaxassislik bo‘yicha.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar uchun talab qilinadigan hujjatlar:
– http://phd.mininnovation.uz/ saytidan ruyxatdan o‘tish;
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma;
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy - ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– ilmiy rahbar rozilik xati;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lgan ishlar taqdim etiladi).
Hujjatlar 2020 yilning 15 oktyabriga qadar quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahar, Chilonzor tumani Bunyodkor shox ko‘chasi, 7A-uy.
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Ma’lumot uchun telefonlar: (8-371) 277-89-22; (8-371) 277-82-79.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati