20 fevral kuni «Hashar Week» ijtimoiy loyihasini amalga oshirish doirasida brifing tashkil etmoqda.
19.
02. 2019
17:40
6969
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi joriy yilning 20 fevral kuni  «Hashar Week» ijtimoiy loyihasini amalga oshirish doirasida brifing tashkil etmoqda.

“Hashar week” – keng ko‘lamli ijtimoiy loyiha bo‘lib, u aholi keng qatlami, shu jumladan, hukumat, nodavlat notijorat tashkilotlari, xususiy korxonalarning e’tiborini atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, xususan, chiqindilarni boshqarish masalasida ularning habardorligini oshirish hisoblanadi.

Loyiha muallifi -  Suna Park, Toshkent sharida Singapur menejmentni rivojlantirish instituti lektori, “The K’orobe London” boshqaruvchi direktori.

  Birifng 2019 yil 20 fevral kuni Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida (mo‘ljal: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi) soat 15.00 da (ishtirokchilarni ro‘yxatga olish – 14.30 da) boshlanadi.

Anjumanda ishtirok etishni istagan jurnalistlar (+99871) 207-07-70 (1034#) yoki 90-808-40-02 raqamlariga telefon qilib, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

#HasharWeek

Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi

Foydali manbalar