Mo‘ynoqdan 200 kilometr olisda – Orolning qurigan maydonida chuchuk suv topildi
16.
02. 2019
15:48
6807
Yangiliklar

Mo‘ynoqdan 200 kilometr olisda – Orolning qurigan maydonida chuchuk suv topildi

Orol dengizining janubiy-g‘arbiy qismidagi sobiq Vozrojdenie orolida chuchuk suv topildi. Bu haqda O‘zA axborot agentligi xabar bergan.

26 yanvar kuni suv ko‘zining topilishi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda qator vazirlik va idoralar rahbarlari, mo‘ynoqliklar hamda Orolning qurigan maydonida mehnat qilayotgan hasharchilar qatnashdi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi M.Erniyazov yig‘ilganlarni ushbu muhim yangilik bilan qutladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.Murodov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari O.Ramatov ishtirok etdi.

Foydali manbalar