Avval xabar berilgandek, ayni vaqtda Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Markaziy Osiyo konferentsiyasi doirasida Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I. Boqijonov hamda Qozog‘iston Respublikasi ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M. Mirzagaliev o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda suv resurslari, aylanma iqtisodiyot va qattiq chiqindilar bo‘yicha qo‘shma hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga tomonlar Sirdaryo havzasida atrof-muhitni muhofaza qilish va suv sifati bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh ishini jadallashtirishga kelishildi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston tomoni C5 + 1 ishtirokchilari mamlakatlarining onlayn uchrashuviga taklifnomani taqdim etdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati