![](/uploads/2020-05-20_1832main.jpg)
Joriy yil 20 may kuni «Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi» DUK tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Markaz taqdimoti eshitildi hamda kelgusida ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Xususan:
– Ekologik sertifikatlashtirish yo‘nalishida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ortiqcha vaqtini tejash va shaffoflikni ta’minlash, korruptsion elementlarni yo‘qotish hamda barcha xizmatlarni to‘liq «Raqamli ekologiya» axborot tizimida doirasida raqamlashtirishni tashkillashtirish; tizimda yangi xizmatlarni joriy etish, ekologik markirovkalash tizimini amaliyotga joriy etish;
– xalqaro standartlarni uyg‘unlashtirish, ekologik menedjment tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xodimlarni tayyorlash, xalqaro tajribalarni o‘rganish;
– laboratoriya imkoniyatlarini kengaytirish, xodimlarni salohiyatini oshirish, akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda boshqalar.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati